
“O‘zbek ichki kasalliklar ilmiy jurnali” (ISSN XXXX-XXXX) — bu ochiq kirishli, ilmiy ekspertizadan o‘tadigan nashr bo‘lib, ichki kasalliklar sohasidagi eng so‘nggi tadqiqotlarga erkin kirishni ta’minlaydi. Jurnal asl ilmiy maqolalarni — fundamental klinik tadqiqotlardan tortib innovatsion tashxis va davolash texnologiyalarigacha — chop etadi.
Jurnalning asosiy maqsadi — yuqori sifatli ilmiy tadqiqotlarni chop etish orqali tibbiyot fanining rivojlanishiga ko‘maklashish va global ilmiy hamkorlikni kuchaytirishdir. Jurnal butun dunyo bo‘ylab mualliflarning, jumladan O‘zbekiston olimlarining maqolalarini qabul qiladi. Taqdim etilgan ishlar klinik ma’lumotlar va asosli xulosalarni o‘z ichiga olishi lozim.
Jurnal ichki kasalliklar sohasida ilmiy hissani kengaytirishga intiladi. Mualliflar o‘z tadqiqot natijalarini batafsil yoritishi uchun maqola hajmiga cheklov qo‘yilmaydi.
Asosiy Yo'nalishlar:
“O‘zbek ichki kasalliklar ilmiy jurnali” quyidagi yo‘nalishlarda maqolalarni qabul qiladi:
-
Ichki kasalliklar umumiy muammolari
-
Kardiologiya
-
Pulmonologiya
-
Endokrinologiya
-
Gastroenterologiya
-
Nefrologiya
-
Revmatologiya
-
Gematologiya
-
Allergologiya va immunologiya
-
Yuqumli kasalliklar
-
Pediatriya (bolalarda ichki kasalliklar)
-
Geriatriya (keksalarda ichki kasalliklar)
-
Profilaktika va sog‘lom turmush tarzi
-
Zamonaviy tashxis va davolash texnologiyalari
Nashr etilishi
Jurnal yiliga olti marta chiqadi. Har bir son kamida 6 ta, ko‘pi bilan 20 ta maqolani o‘z ichiga oladi. Maqolalar yil davomida qabul qilinadi.
Ochik Kirish Siyosati
Maqolalar Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 International (CC BY 4.0) litsenziyasi asosida chop etiladi. Mualliflar o‘z mualliflik huquqini saqlab qoladilar.
Peer Review Jarayoni
Barcha maqolalar ikki tomonlama ko‘r (double-blind) ilmiy ekspertizadan o‘tadi.
Indeksatsiya
Maqolalar Google Scholar tizimida indekslanadi.
Tashkilotchi
Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Nashriyotchi
I-EDU GROUP MCHJ — O‘zbekistonda ilmiy nashrlarni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tashkilot.
Etik Majburiyatlar
Jurnal xalqaro nashriyot etikasi standartlariga, jumladan COPE qoidalariga amal qiladi.
Maqola Ishlash Haqida To'lovlar (APC)
Maqola topshirish bepul. Qabul qilingan maqolalar uchun 100 AQSh dollari miqdorida to‘lov belgilanadi.
2025-yilda barcha xarajatlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan qoplanadi va mualliflardan to‘lov olinmaydi.
Plagiat va O'g'irlik
"O‘zbek ichki kasalliklar ilmiy jurnali" tahririyat kengashi, yuborilgan materiallarni https://antiplagiat.ru/ tizimi orqali tekshirishi mumkin. Agar katta plagiat aniqlansa, tahririyat jurnali COPE (Nashr Etish Etikasi Komiteti) qoidalariga amal qiladi.