Ahmedov Xalmurod Sadullaevich

TAHRIRIYAT HAY'ATI
Toshkent davlat tibbiyot universiteti (Toshkent, 100109, O‘zbekiston).
Ta’lim va mehnat tajribasi
-
1993-yilda 1-Toshkent tibbiyot institutini davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
-
2001-yilda oilaviy tibbiyot bo‘yicha kursni tugatgan (Buyuk Britaniya, London).
-
2005-yilda amaliyot o‘tagan (AQSh, Oklahoma shtati).
Mehnat faoliyati
-
1993–1999 yillar – revmatolog, 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti klinikasi revmatologiya bo‘limida.
-
1999–2000 yillar – 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti klinikasi qabul bo‘limi mudiri.
-
2000–2005 yillar – shifokorlik markazi direktori.
-
2005–2010 yillar – Toshkent tibbiyot akademiyasi umumiy amaliyot shifokori va endokrinologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
-
2010–2012 yillar – Toshkent tibbiyot akademiyasi umumiy amaliyot shifokori va endokrinologiya kafedrasi dotsenti.
-
2012 yildan hozirga qadar – “Ichki kasalliklar № 3” kafedrasi mudiri.
Ilmiy faoliyat
-
2007-yilda “Sistemali sklerodermiyada progesteron yetishmovchiligini korreksiya qilishning ahamiyati va kasallikning ikkilamchi profilaktikasini optimallashtirishdagi o‘rni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini (PhD) himoya qilgan.
-
2017-yilda “O‘zbekistondagi turli iqlim-geografik va ekologik zonalarda revmatoid artrit kechishining xususiyatlari hamda profilaktik choralarni optimallashtirish yo‘llari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini (DSc) himoya qilgan.
Amaliy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari
Revmatik kasalliklar, xususan revmatoid artrit, biriktiruvchi to‘qimalarning sistemali kasalliklari.
Ilmiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari
Revmatoid artritning klinik kechishi va davolash samaradorligining MDR1 geni polimorfizmiga bog‘liqligi.
Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
-
Vaziyatli masalalar, klinik holatlar, elektrokardiografiya, test va amaliy ko‘nikmalar to‘plami. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2007. – 200 bet.
-
Talabalarning tibbiy maslahat berish jarayonini sindromal yondashuv asosida bosqichma-bosqich baholash mezonlari. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2008. – 423 bet.
-
Bemor muammolarini sindromal yondashuv asosida hal qilishda qo‘llaniladigan vaziyatli masalalar to‘plami. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2010. “Muharir nashriyoti”. – 196 bet.
-
Umumiy amaliyot shifokorlari uchun amaliy ko‘nikmalar to‘plami. Amaliy qo‘llanma. Toshkent, 2010. “Muharir nashriyoti”. – 432 bet.
-
Umumiy amaliyot hamshiralari uchun amaliy ko‘nikmalar to‘plami. Amaliy qo‘llanma. Toshkent, 2011. “Muharir nashriyoti”. – 409 bet.
-
Umumiy amaliyot hamshiralari uchun amaliy ko‘nikmalar to‘plami. Amaliy qo‘llanma. Toshkent, 2011. “Muharir nashriyoti”. – 369 bet.
-
Ichki kasalliklar propedevtikasi. Darslik. 2-jild. Toshkent, 2012. “Muharir nashriyoti”. – 708 bet.
-
Umumiy amaliyot shifokorlari uchun amaliy ko‘nikmalar to‘plami. Amaliy qo‘llanma. Toshkent, 2013. “Muharir nashriyoti”. – 427 bet. (Guvohnoma 484-074, 12.2013).
-
Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda umumiy amaliyot sharoitida patogenetik terapiya fonida qo‘llaniladigan reabilitatsiya tadbirlari dasturi. Uslubiy tavsiyanoma. Toshkent, “Muharir nashriyoti”. – 42 bet.
-
VI va VII kurs talabalari uchun vaziyatli masalalar to‘plami. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2016. – 180 bet.
